Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish 600 tadan kam bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 17 avgust kuni O‘zbekistonda 598 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Andijon, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Namangan hamda Xorazm viloyatlarida jami 607 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 35 927 nafar bemordan 31 580 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4 109 nafar bemordan 593 nafari og‘ir, 178 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

444

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing