Koronavirus: kunlik o‘sish 500 dan kam bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 28 sentyabr kuni O‘zbekistonda 477 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 461 nafarga yetdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Namangan, Buxoro, Andijon, Toshkent, Samarqand hamda Surxondaryo viloyatlarida 501 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 55 878 nafar bemordan 52 466 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 951 nafar bemordan 670 nafari og‘ir, 272 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

297

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing