Koronavirus: kunlik kasallanishlar soni yana ortdi
Jamiyat
−
10 yanvar 2022
11052O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik holatlar soni yana ortdi. Kecha, 9 yanvar kuni O‘zbekistonda 389 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, jami kasallanganlar soni 200730 nafarga yetdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 18 nafari Andijon viloyatida,
- 10 nafari Buxoro viloyatida,
- 21 nafari Jizzax viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 7 nafari Namangan viloyatida,
- 44 nafari Samarqand viloyatida,
- 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 11 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 25 nafari Xorazm viloyatida,
- 51 nafari Toshkent viloyatida,
- 193 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Andijon viloyatida 16 nafar,
- Buxoro viloyatida 7 nafar,
- Jizzax viloyatida 13 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
- Navoiy viloyatida 5 nafar,
- Namangan viloyatida 8 nafar,
- Samarqand viloyatida 12 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 6 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 3 nafar,
- Toshkent viloyatida 32 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197182 (+109) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1497 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi