Koronavirus kimlarga yuqmaydi ?
Jamiyat
−
03 avgust 2020
63335So‘nggi haftalarda O‘zbekistonda koronavirus kasalligini yuqtirib olganlar soni tezlikda ko‘payib boryapti. Bu odamlar orasida xavotirga sabab bo‘lyapti.
Natijada odamlarda koronavirus kimlarga yuqmasligiga qiziqmoqda. Ammo bu kasallikdan hech kim to‘liq himoyalanmagan. Buni Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ham yana bir bor tasdiqladi.
Shtab a’zosining ta’kidlashicha, JSST tomonidan bu kasallikka hamma chalinishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Bugungi kundagi holatga to‘xtaladigan bo‘lsak, niqob taqib yurish va ijtimoiy masofa saqlash hamda imkon qadar o‘zini alohidalaganlarga yuqish ehtimoli pasayadi yoki virus organizmga tushishi kamayadi.
Brifingda har bir inson hayoti davomida ushbu virus bilan kasallanishi mumkinligi ham aytib o‘tildi.
“Odamlar bilan muloqotni cheklagan insonlarga yuqmasligi mumkin. Lekin vaqt o‘tib, har bir inson hayoti davomida bu infeksiya bilan baribir to‘qnashadi va shu davrda koronovirusning kasallik chaqirish qobiliyati kamaygan bo‘lsa, kasallik yengil kechadi”, deydi Sevara Ubaydullayeva.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 3 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 275 nafarga oshib, 25 828 nafarni tashkil etmoqda.
LiveBarchasi