Koronavirus xavfiga qaramay, Turkmanistonda Navro‘z bayrami nishonlanmoqda
Olam
−
21 Mart 2020 14925 1 daqiqa
Turkmaniston Navro‘z bayramini mintaqadagi qo‘shnilaridan farqli ravishda nishonlashdan bosh tortmadi. Ammo bayramni haddan tashqari ommaviy holda o‘tkazishdan tiyilmoqda.
An’anaga ko‘ra, Turkmanistonda kun va tun tenglashadigan 21-22 mart kunlari Navro‘z bayrami nishonlanadi. Bayramning birinchi kunida butun mamlakat bo‘ylab Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov boshchiligida daraxt ko‘chatlari o‘tqaziladi. Shuningdek, 21 mart kuni Ashxobod yaqinidagi Navro‘z vodiysida asosiy tantanalar bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Turkmanistonda koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilmadi. Lekin, joriy yilning 12 fevral kuni Xitoydan Turkmanistonga qaytgan bir nafar odam koronavirus sabab vafot etgani ma’lum qilindi. Keyinchalik, mamlakat rahbari koronavirusdan saqlanish uchun isiriqdan foydalanishni maslahat berdi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr