Koronavirus xavfi: Tojikistonda talabalarga ta’til e’lon qilindi
Olam
−
30 aprel 2020
7204Avvalroq, Tojikistonda koronavirus aniqlangani rasman e’lon qilingani haqida xabar bergan edik. Mamlakatda birdaniga 15 kishida koronavirus aniqlangan.
Tojikiston koronavirus pandemiyasini profilaktika qilish respublika shtabining qarori bilan 2020 yil 4 maydan oliy ta’lim muassasalarining 1, 2, 3-kurs talabalariga yozgi ta’til e’lon qilindi. Ularning baholari avvalgi reytinglariga qarab qo‘yib beriladi. Bitiruvchi kurs talabalari esa 15 maygacha imtihonlarni topshirib bo‘lishi kerak.
Shuningdek. Shtab qarori bilan mamlakatning barcha fuqarolari uchun tibbiy niqob taqib yubrish majburiy qilib qo‘yildi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr