Koronavirus xavfi: Postlarda nega qurollangan harbiylar turibdi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi chora-tadbirlar doirasida qator shaharlar yopilib, nazorat postlari o‘rnatildi. Ularga qo‘riqlash uchun qurolli harbiylar joylashtirildi.

Postlarda qurolli askarlarning turishi aholi orasida vahimaga sabab bo‘lib, “bizda urush bo‘lmayaptiku, nega postlarda qurollangan harbiylar turishibdi?” degan savollar paydo bo‘ldi. 

Bu savolga Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov javob berdi.

“Ushbu zarurat, respublikamiz hududida koronavirus pandemiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatda avvalo, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va mazkur kasallikning mamlakatimiz bo‘ylab keng tarqalib ketishini oldini olish hamda nazoratdan chiqmaslikni ta’minlash maqsadida belgilangan chora-tadbirlardan biridir.

Bu holatni normal qabul qilishni hamda belgilangan tartib-qoidalarga to‘liq rioya etgan holda, o‘zingiz va oilangiz xavfsizligi nuqtai nazaridan yondashishingizni maslahat bergan bo‘lardik”, dedi G‘iyosov.

Avvalroq, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq kuchaytirilgan karantin choralari 10 mayga qadar uzaytirilgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar soni 1565 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 225  nafari davolangan, 5 nafari vafot etgan. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

171

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing