Koronavirus epidemiyasi qachongacha davom etadi?

Jamiyat

image

Bugun, 2 aprel kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida navbatdagi brifing tashkil etildi. Unda Nurmat Otabekov koronavirus epidemiyasi qachon to‘xtashi haqidagi savolga javob berdi.

“Bu borada mutaxassislar prognozlari turlicha. Gap shundaki, biz shu paytgacha ma’lum bo‘lmagan infeksiyaga duch kelyapmiz.

Lekin bu kasallikni 2002 yilda atipik pnevmoniya epidemiyasi chaqirgan og‘ir respirator sindrom (SARS) bilan solishtirib ko‘rilsa, vaziyat bir necha oy davomida xavfli bo‘lib turishini taxmin qilish mumkin. Chunki, SARS sababi ham koronavirus, faqat boshqa tipdagisi bo‘lgan”, dedi Otabekov.

Shuningdek, Otabekov koronavirusning issiq havoga chidamsizligi to‘g‘risidagi savolga javoban shunday dedi:

“Bu masalaga yaqin oylar javob bera oladi. Agar virus mavsumiy xarakterga ega bo‘lsa, uning keyingi ommaviy tarqalishi kuzda yuz berishi mumkin. Biroq ko‘plab olimlar o‘tkazgan tadqiqotlar, koronavirus -2...+10 daraja oralg‘ida tez tarqalishini ko‘rsatdi. Demak, koronavirus infeksiyasi yilning sovuq davriga xos. Shuning uchun, issiq kunlar kelishi bilan, ushbu epidemiya to‘xtaydi”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 190 nafarga yetdi. Ularning 12 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

680

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing