Koronavirus: bugun aholi orasida 22 ta holat aniqlandi. 14 bemor og‘ir ahvolda

Jamiyat

image

Bugun, 21 iyun kuni O‘zbekistonda 162 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 127 nafari Karantin muassasalarida, 22 nafari aholi orasida (shundan 11 nafari Buxoro viloyatida, 7 nafari Toshkent shahrida, Sirdaryo, Samarqand, Andijon va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan), qolgan 13 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Kun davomida 87 nafar fuqaro sog‘aydi. Ular Toshkent shahri, Navoiy, Xorazm hamda Samarqand viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6315 nafar bemordan 4377 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 69 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1919 nafar bemordan 11 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 37 314 nafar, statsionar karantinda esa 22 812 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

303

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing