Koronavirus: Bugun 600 ga yaqin yangi bemor aniqlandi
Jamiyat
−
19 iyul 2020
20047Bugun, 18 iyul kuni O‘zbekistonda 579 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 138 nafari Karantin muassasalarida, 441 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 2 nafar, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Namangan, Andijon hamda Navoiy viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 124 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 16186 nafar bemordan 9127 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 56 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 6976 nafar bemordan 71 nafari og‘ir, 21 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatda uy karantinida 60 552 nafar, statsionar karantinda esa 22 871 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi