Koronavirus: bugun 600 dan ortiq odam koronavirus yuqtirib oldi

Jamiyat

image

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekistonda 617 holatda kasallik qayd etildi. Jami virus yuqtirganlar 50 378 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, Toshkent viloyatida 4 nafar, Toshkent shahri hamda Surxondaryo viloyatida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Namangan, Toshkent, Buxoro, Andijon, Navoiy hamda Qashqadaryo viloyatlarida 553 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 50 378 nafar bemordan 46 645 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 312 nafar bemordan 489 nafari og‘ir, 254 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

330

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing