Koronavirus: bugun 6 bemor vafot etib, 312 kishi virusga chalindi

Jamiyat

image

Bugun, 7 sentyabr kuni O‘zbekistonda 312 holatda koronavirus qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Jizzax va Toshkent viloyatlarda 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Xorazm, Andijon hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 317 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 43 975 nafar bemordan 41 594 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 027 nafar bemordan 430 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

404

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing