Koronavirus bilan zararlanish holatlari 3769 taga yetdi
Jamiyat
−
03 iyun 2020
6925Bugun, 3 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9 nafarga oshib, 3769 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Toshkent viloyatida (6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari aholi orasidan aniqlangan), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan) aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 2908 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 846 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi