O‘zbekistondagi koronavirus bemorlarining ahvoli haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning 7 nafari og‘ir ahvolda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

“Kasallanganlarni davolashda ijobiy natijalar qayd etilyapti. 9 may kuni yana 71 fuqaro to‘liq sog‘aygan va reabilitatsiya markazlariga o‘tkazilgan. Ayni paytga qadar 1846 nafar, ya’ni 79 foiz bemor to‘liq sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda davolanayotgan 531 bemordan 7 nafarining ahvoli og‘ir, 5 nafarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilyapti”, dedi Otabekov.

Bosh davlat sanitariya inspektorining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda 42 mingdan ortiqroq fuqaro karantinda bo‘lib turibdi. Ular orasida kasallik yo‘qligiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Markaziy Osiyoda Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakatda koronavirus yuqtirgan bemorlar soni 4975 nafarga yetdi, Qirg‘izistonda 931, Tojikistonda 612 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda jami virus yuqtirganlar 2387 nafarni tashkil etyapti. Bugungacha bemorlarning 1846 nafari sog‘aygan va 10 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

351

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing