Koronavirus bemorlari uchun eng xavfli omil nima?

Salomatlik

image
Nima uchun yangi koronavirus avvalgilariga qaraganda xavfliroq? north_east

Nima uchun yangi koronavirus avvalgilariga qaraganda xavfliroq?

Koronavirus bilan kasallanganlar uchun eng xavfli omil bu ortiqcha vazn hisoblanadi. Bu haqda Nyu-York universiteti qoshidagi Grossman tibbiyot maktabining tadqiqotchilari ma’lum qilishdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, ortiqcha vazndan aziyat chekadigan odamlarda COVID-19 og‘ir o‘tishi ehtimoli juda katta. Aprel oyida o‘tkazilgan tadqiqotlarda 8 mingga yaqin og‘ir va o‘ta og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan bemorlar qatnashdi. Ularning 46 foizida ortiqcha vazn aniqlangan. 

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bunday odamlarda ko‘pincha tananing ba’zi funksiyalari buziladi. Bu esa infeksiyani xavfini oshiradi. Ularning immun tizimi tanadagi ortiqcha yog‘larga qarshi kurashishga harakat qiladi va viruslarga qarshi tura olmaydi.

Olimlar Qo‘shma Shtatlardagi semirib ketish muammosi mamlakatda koronavirusning tez tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini inkor etmadilar. Statistikalar ham shuni ko‘rsatadiki, eng ko‘p ortiqcha vazndan aziyat chekadigan odamlar AQSHda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 49 966 holat qayd etilgan. Kasallanganlarning 853 nafari sog‘aygan, 26 057 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 533 493 kishini tashkil qilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Tadqiqot Ortiqcha vazn

Baholaganlar

268

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing