Koronavirus banknotalar orqali yuqadimi?

Salomatlik

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ommaviy axborot vositalarida koronavirusining tarqalishi munosabati bilan naqd pul xavfliligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Tashkilotning ma’lum qilishicha, banknotalar orqali yangi virus yuqtirish xavfi ortishi to‘g‘risida ilmiy dalillar mavjud emas.

"JSST hech qachon naqd pul COVID-19'ni tarqatishi mumkinligini aytmagan. Biz bu borada rasmiy bayonot berganimiz yo‘q", deydi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Fadela Chabe.

JSST, o‘z navbatida, qo‘llarni tez-tez yuvish kerakligini, shu jumladan, naqd pul ushlagandan keyin ham ushbu qoidaga rioya qilishni eslatdi. Ta’kidlanishicha, banknotalarga boshqa buyumlar singari munosabatda bo‘lish kerak. Ya’ni ularni qaysidir kasallangan odam ushlagan bo‘lishi ehtimolini yoddan chiqarmaslik kerak.

Naqd pul mablag‘larini boshqarish bo‘yicha dunyo miqyosidagi 127 kompaniyani birlashtirgan Yevropa qiymat tashuvchilar assotsiatsiyasi va Yevropa Markaziy banki banknotalar orqali koronavirus tarqalishini istisno qilmoqda. Hisobotda ta’kidlanishicha, Yevrosistema muntazam ravishda yevro pullarining salomatlikka ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi.

Koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq ma’lum xavf - bu har kuni yuzlab odamlar foydalanadigan bankomatlar bo‘lishi mumkin. Ular ekranlarga tegishadi, klaviaturada PIN-kodni kiritishadi.

“Biz karantin davrida bankomatlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha banklarga tavsiyalar tayyorladik. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalariga texnik yordam ko‘rsatadigan bizning mutaxassislarimiz barcha zarur shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan. Ular qo‘shimcha ravishda barcha terminal sirtlarni maxsus dezinfeksiyalash vositalari bilan ishlov berishadi. Bu esa COVID-19 kasalligini bankomatlar orqali yuqtirish xavfini minimallashtiradi" deydi 13 mamlakatda bank yechimlari va xizmatlarini taqdim etadigan BS/2 bosh direktorining o‘rinbosari Tomas Augutsyavichyus.

Eslatib o‘tamiz, bir qancha davlatlarda naqd puldan foydalanishni cheklashni maslahat bergan. Jumladan, O‘zbekistonda ham karantindan oldin jamoat transportida naqd pulsiz to‘lov qilish tavsiya qilingan edi. Shuningdek, naqd pul shaklidagi pensiya va nafaqalar sterillangan holda yetkazib berilishi ma’lum qilingan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Naqd pul Koronavirus

Baholaganlar

93

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing