Naqd pul shaklidagi pensiya va nafaqalar “sterillangan holda” yetkazib beriladi    

Jamiyat

image

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi onlayn faoliyat yuritmoqda va bu hech qanday noqulayliklar tug‘dirilmasligi aytilmoqda. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Xizmat ko‘rasatishni “on-layn” rejimiga o‘tilishi, pensiyalar, nafaqalar, kompensatsiya pullari va boshqa to‘lovlarni moliyalashtirilishi va ular ustidan nazoratni olib borish faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

Jumladan, Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yilning 1 aprel sanasiga qadar pensiya va nafaqa to‘lovlari vedomostlari Xalq banki va tijorat banklariga to‘liq yetkazilib, shu yilning 2 aprel sanasiga qadar talab qilingan mablag‘ning salkam 50 foizi moliyalashtirilishiga erishildi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Jamg‘armaning ma’lum qilishicha, pensiya va nafaqa pullarini bank plastik kartalari orqali oluvchilarga esa mablag‘lar har doimgidek, oyning boshida o‘tkazib beriladi. Pensiya va nafaqalarni naqd pul shaklida oluvchilarga Xalq banki sayyor kassalari tomonidan bevosita pensiya va nafaqa oluvchilarning yashash manzillariga “sterillangan holda” to‘lanishi ta’minlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

pensiya

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing