Koronavirusning JN.1 shtammi bilan kasallanganlar soni ortmoqda

Olam

image

AQSHning Nyu-York shahrida koronavirusning JN.1 deb nomlangan yangi variantini yuqtirganlar soni ortdi. Bu haqda "The express" axborot agentligi xabar berdi.

AQSHda 2023 yilning sentyabr oyida ilk bor aniqlangan JN.1 virusi bilan kasallanganlar soni so‘nggi ikki hafta ichida keskin oshdi. Mutaxassislarning bildirishicha, virusning bu shaklda yoyilib borishi ob-havoning sovishi bilan bog‘liq.

Mahalliy ekspertlarning fikricha, JN.1 ning tez tarqalishi uni immun tizimi koronavirusning boshqa variantlariga qaraganda yaxshiroq yuqtirishi mumkinligidan dalolat beradi. JN.1 infeksiyasining belgilari yo‘tal, isitma, holsizlanish va charchoqni o‘z ichiga olgan avvalgi koronavirus variantlari keltirib chiqaradigan alomatlarga o‘xshaydi. Virusni yuqtirish xavfi keksalar, chaqaloqlar va immuniteti zaif yoki surunkali kasalliklarga chalingan odamlar uchun ayniqsa yuqori.

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari tomonidan e’lon qilingan ma’lumotda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishdan tashqari niqoblardan foydalanish, iloji boricha yopiq joylarda ventilyatsiyani yaxshilash, uyda qolish va eng so‘nggi koronavirus vaksinasini olish muhimligi aytilgan.

Qayd etish joizki, koronavirusning eng keng tarqalgan shtammiga aylangan JN.1 variantini yuqtirganlar soni, ayniqsa, Nyu-Yorkda yuqori. Shu sababdan so‘nggi kunlarda shaharda himoya tibbiy niqoblardan foydalanayotganlar soni ortib, jamoat transporti, metro va avtobuslardan foydalanish kamaygan. Odamlar ijtimoiy masofa va o‘zini izolyatsiya qilish mexanizmlari orqali o‘zlarini virusdan himoya qilishga harakat qilmoqda. Mahalliy matbuotda e’lon qilingan ma’lumotlarda shaharda virusni aniqlashni ta’minlovchi tezkor testlar sotuvi ko‘paygani qayd etilgan.

Bildirilishicha, Nyu-Yorkda JN.1 dan infeksiyalangan va tuzalgan shaxslarni o‘zaro himoya qilish bo‘yicha laboratoriya tadqiqotlari davom etmoqda va yaqin kunlarda bu tadqiqotlar natijalari jamoatchilikka yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi koronavirusga qarshi samara bermay qo‘ygani aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

virus N'yu-York Koronavirus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing