Koronavirus asosan kimlarga yuqyapti?

Salomatlik

Butun dunyoga koronavirusga chalinganlar 188 386 kishini tashkil etayotgan bo‘lsa, shundan 7499 kishi vafot etgan. Ammo kasallanganlarning 80 mingdan ortig‘i yana sog‘lom hayotga qaytgan. 

Xo‘sh, bu kasallikka kimlar duchor bo‘lyapti? O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ushbu masalaga oydinlik kiritdi. 

“Bu virusga duchor bo‘layotganlar asosan yoshi kattalar va surunkali kasali borlar. E’tibor bersangiz, eng kam bemor 19 yoshgacha bo‘lganlar orasida. 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida esa deyarli uchramayapti. Olimlarning qayd etishicha, bu immunitet bilan bog‘liq bo‘lyapti. Surunkali kasali borlar va yoshi kattalar, ayniqsa, 60-65 yoshdan kattalarda immunitet pasaygani va boshqa kasalliklar tufayli ham bu kasallikka duchor bo‘lishi va uning asoratlari rivojlanishi osonroq ketmoqda”, deydi Alisher Shodmonov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga qadar bemorlar 11 nafarga yetdi. Ularning aksariyati xoirijiy mamlakatda bo‘lib qaytganlar. 

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Shodmonov koronavirus

Baholaganlar

426

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing