Koronavirus aniqlanmagan Turkmanistonda fuqarolarning harakatlanishiga cheklovlar o‘rnatildi

Olam

image

Turkmaniston Hukumati turli o‘tkir yuqumli kasalliklarning kirishi va tarqalishini oldini olish uchun fuqarolarning bemaqsad harakatlanishini tartibga solishga qaror qildi

Xavf guruhiga kiruvchi odamlar uchun shaharlararo va mintaqalararo yo‘nalishlarda, shu jumladan 50 yoshdan oshganlarga sayohat qilish va 50 yoshdan oshgan xodimlarning boshqa hududlarga xizmat safarlariga yuborish cheklandi. 

Qayd etish kerakki, Turkmanistonda koronavirusga chalinish holati rasman aniqlanmagan.

Profilaktika maqsadida mamlakatda niqobli rejim o‘rnatilgan. Yil oxirigacha xalqaro aviaqatnovlar, yo‘lovchi poyezdlari va xalqaro avtobus qatnovlari to‘xtatilgan. Mamlakatda masjid va cherkovlar, savdo markazlari, madaniy va maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar faoliyati to‘xtatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston

Baholaganlar

310

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing