Koronavirus: 900 ga yaqin yangi bemor aniqlandi, 7 kishi vafot etdi

Jamiyat

image

2021 yil 9 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 138382 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 891 kishida koronavirus aniqlangan.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 86 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 42 nafari Andijon viloyatida,
  • 24 nafari Buxoro viloyatida,
  • 79 nafari Jizzax viloyatida,
  • 22 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 19 nafari Navoiy viloyatida,
  • 41 nafari Namangan viloyatida,
  • 83 nafari Samarqand viloyatida,
  • 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 89 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 88 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 46 nafari Xorazm viloyatida,
  • 91 nafari Toshkent viloyatida,
  • 153 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 93 nafar,
  • Andijon viloyatida 95 nafar,
  • Buxoro viloyatida 18 nafar,
  • Jizzax viloyatida 101 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 24 nafar,
  • Navoiy viloyatida 64 nafar,
  • Namangan viloyatida 40 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 99 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 89 nafar,
  • Xorazm viloyatida 53 nafar,
  • Toshkent viloyatida 93 nafar,
  • Toshkent shahrida 106 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 131781 (+875) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 941 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing