Koreyaga jo‘natishni aytib fuqarolardan qariyb $211 ming olganlar ushlandi
3-sahifa
−
19 iyun 2769 2 daqiqa
O‘zbekitonning turli hududlarida Koreya davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, fuqarolardan katta miqdorda pullar olgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Xususan, Farg‘ona viloyatidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda migratsiya agentligining Farg‘ona viloyati filiali sobiq rahbari B.X. 8 nafar fuqaroni imtihonlardan o‘tkazib, Koreya davlatiga ishga yuborishi uchun 90 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida fuqarolar S.A. va Sh.X. 22 nafar fuqaroni Koreya davlatiga ishga yuborishlarini aytib, 34 200 AQSH dollari va 79,3 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Jizzax viloyatida ham fuqaro I.A. (muqaddam sudlangan) 6 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, 32 250 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Departamentning Guliston shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham fuqaro X.X. 6 nafar fuqaroni Koreya davlatga ishga yuborishi uchun 19 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, fuqaro J.M.dan olgan 6 000 AQSH dollari hisobidan 700 ming so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, Samarqand shahrida fuqaro Z.M. fuqaro A.G‘.ni Koreya davlatiga ishga yuborishi uchun 12 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi ma’lum bo‘lgan.
Farg‘ona tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.K. fuqaro J.J.ni migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, 10 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 3 000 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent va Andijon viloyatlarida fuqarolarni AQSH hamda Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan katta miqdorda pul talab qilgan shaxslar qo‘lga olingan edi.

Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust