AQSH va Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
3-sahifa
−
13 iyun 2534 1 daqiqa
Toshkent va Andijon viloyatlarida fuqarolarni AQSH hamda Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan katta miqdorda pul talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi, avval bir necha bor sudlangan, 1969 yilda tug‘ilgan shaxs poytaxtlik fuqaroning ishonchiga kirgan. Uni mansabdor tanishlari orqali AQSHga ishchi vizasi asosida yuborishni va’da qilgan. U barcha hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 22 ming dollar talab qilgan va oldindan 5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Andijon viloyatida aniqlangan holatda esa Izboskan tumanida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan shaxs Asaka tumanida istiqomat qiluvchi 26 yoshli fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan. U mansabdor tanishlari orqali ishchi viza tayyorlatib berishini aytib, buning evaziga 6 ming dollar talab qilgan va oldindan 3 ming dollar olayotgan vaqtida DXX hamda departament xodimlari tomonidan ushlangan. Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu shaxs avval ham boshqa bir fuqarodan Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib pul olgani aniqlangan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida mansab vakolatini suiiste’mol qilib, fuqarolardan pul talab qilgan ikki nafar mansabdor shaxs qo‘lga olingandi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust