Koreyaga til o‘rganish uchun borgan o‘zbekistonlik og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi
Olam
−
30 may 2019
6613Kecha, 29 may kuni Janubiy Koreyaда O‘zbekiston fuqarosi qurilayotgan binoning yuqori қаvaтидан tushib ketgan va og‘ir ahvolda “Kangvon” universiteti shifoxonasiga olib borilgan. Bu haqda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi ma’lum qildi.
Jabrlanuvchi O‘zbekiston fuqarosi Alisher Jovliyev Koreya Respublikasiga 20 may kuni Chunchon shahridagi “Kyongin” universitetining til o‘rganish kursida o‘qish uchun kelgan va pul ishlash maqsadida jismoniy mehnat bilan shug‘ullangan.
Qayd etilishicha, diplomatik vakolatxona vaziyatni nazoratga olgan, ish beruvchi va o‘zbekistonlik davolanayotgan shifoxona rahbariyati bilan aloqa o‘rnatgan. Ish beruvchi tashkilot tashkiliy masalalarni hal qilish va davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga tayyorligini bildirgan.
Koreya Respublikasining tegishli xizmatlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi