Koreyaga ketishni istagan bir guruh fuqaro 23 ming dollarga “uxlatildi”
Jamiyat
−
07 noyabr 2019
2927Toshkent viloyatida Janubiy Koreyaga ketishni istagan 5 nafar fuqaro firibgarlik qurboni bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda, fuqaro M.M. 5 nafar fuqaroni Koreya Respublikasiga ishga yuborish evaziga ularning jami 25 ming 550 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan JK 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi