Koreyadan O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yuki jo‘natildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tomonidan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik doirasida umumiy og‘irligi 34 tonna bo‘lgan insonparvarlik yuki shakllantirilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur ko‘makning og‘irligi 6,2 tonna bo‘lgan birinchi qismi O‘zbekistonga 26 aprel kuni olib kelingan edi.

“Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, bugun, 10 may kuni umumiy qiymati 192 ming dollarga yaqin tibbiy vositalar shaklidagi navbatdagi insonparvarlik yuki ortilgan Uzbekistan Airways kompaniyasining maxsus samolyoti Seuldan Toshkentga parvoz qilgan.

Qimmatli yuk tarkibiga avtomatik boshqariladigan ko‘p funksiyali tibbiy karavot, antiseptik va dezinfeksiya vositalari, tibbiy niqoblar, inson immun tizimini mustahkamlashga xizmat qiladigan ozuqaviy qo‘shimchalar kiritilgan.

Insonparvarlik yordami Janubiy Koreyaning “BOMI Engineering”, “LH Corporation”, “Evergreen Motors”, “Infinity Co., Ltd.” kompaniyalari, Shinxan universiteti hamda ushbu mamlakatda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlar va o‘zbekistonlik talabalar tomonidan taqdim etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

118

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing