Koreyada o‘zbekistonlik talabalar hibsga olindi (video)

Olam

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik talabalar velosiped o‘g‘irlagani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda “Yonhap News” agentligi xabar berdi.

Ikki nafar O‘zbekiston va bir nafar Qirg‘iziston fuqarosi ikki hafta davomida ko‘p qavatli uylar oldida qoldirilgan 34 ta velosipedni o‘g‘irlagan. Politsiya ularni Chondju shahrida qo‘lga olgan.

Politsiya talabalar o‘g‘irlangan velosipedlarni saqlash uchun alohida joy ham tayyorlaganligini aniqlagan. Qirg‘iziston fuqarosi o‘g‘irlangan velosipedlarni o‘z mamlakatiga jo‘natish niyatida ekanini tan olgan.

Politsiya barcha velosipedlarni to‘plashni boshlagan va tergov harakatlarini boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

o'g'rilik Janubiy Koreya

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing