Koreyada talabalar Prezident qarorgohiga bostirib kirishga urindi

Olam

image

Janubiy Koreya politsiyasi Seuldagi Prezident ma’muriyati majmuasiga ruxsatsiz kirishga uringan 20 nafar talabani hibsga oldi. Bu haqda “The Korea Times” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Koreya universitetlari progressiv ittifoqi a’zolari bo‘lgan. Ular Yonsan hududidagi Prezident majmuasiga darvoza va panjara orqali oshib kirishga harakat qilgan. Bungacha ular qimmatli qog‘ozlarni manipulyatsiya qilishda gumon qilinayotgan birinchi xonim Kim Kon Xiga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazib, ma’muriyatdagi mas’ul shaxslar bilan uchrashishni talab qilgan.

Ma’lumot uchun, asosan muxolifat nazoratida bo‘lgan Janubiy Koreya parlamenti amaldagi prezidentning rafiqasi ustidan tergov o‘tkazish bo‘yicha qonun loyihasini qabul qilgan bo‘lsa-da, Davlat rahbari bunga veto qo‘ygan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning noyabr oyida Koreya Respublikasi Oliy sudi mamlakatning amaldagi Prezidenti Yun Sok Yolning qaynonasi bo‘lgan Chxve In Sunni hujjatlarni qalbakilashtirish va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish qonunchiligini buzganlikda aybdor deb topib, uni bir yil qamoq jazosiga hukm qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Koreya talabalar Seul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing