Koreya Prezidenti impichmentdan qutulib qolishi mumkin
Olam
−
07 dekabr 2024
3327Bugun, 7 dekabr kuni Janubiy Koreyaning hukmron partiyasi Prezident Yun Sok Yolga impichment e’lon qilish bo‘yicha ovoz berishni boykot qildi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Xalq kuchi” hukmron partiyasidan bo‘lgan aksariyat deputatlar mamlakat parlamenti – Milliy assambleya majlislar zalini tark etgan. Bu Prezident impichmenti bo‘yicha ovoz berishni boykot qilishga urinish sifatida baholanmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qaror parlament majlisi boshlanishidan sal oldin qabul qilingan. Shunga qaramay, deputatlar o‘z pozitsiyalaridan kelib chiqib, individual ravishda ovoz beradi.
Impichment e’lon qilish uchun Milliy assambleya a’zolarining uchdan ikki qismi, ya’ni 200 nafardan kam bo‘lmagan deputat ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlashi kerak. Hukmron partiya a’zolari 108 o‘ringa ega bo‘lsa, muxolifat vakillari 192 o‘ringa ega, ulardan 171 tasi Demokratik partiya a’zolari hisoblanadi.
Agar parlament impichmentni qo‘llab-quvvatlasa, ushbu qaror mamlakat Konstitutsiyaviy sudiga yakuniy ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Agar kutilganidek, parlamentda ovoz berish muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, qonunchilar Yunning impichmenti bo‘yicha ovoz berishlari mumkin bo‘lgan navbatdagi sana – 11 dekabr bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol to‘g‘ridan to‘g‘ri efir orqali mamlakatda harbiy holat joriy etish qarori uchun xalqdan uzr so‘ragan edi. Shuningdek, u prezidentlik taqdirini muxolifat partiya vakillariga topshirishini bildirgan.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar