Koreya it go‘shtidan voz kechmoqda: fermalarning aksariyati yopildi
Olam
−
16 may 6727 1 daqiqa
Janubiy Koreyada it go‘shti ishlab chiqaruvchi fermalarning 82 foizi yopildi. Bu haqda “The Kookje Daily News” xabar berdi.
Rasmiylarning aniqlik kiritishicha, 1 537 ta fermadan 1 265 tasi o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Qolganlari joriy yilning oxirigacha ishini tugatishi kerak. Itlarni iste’mol qilish uchun ko‘paytirish, so‘yish va sotishni to‘liq taqiqlovchi qonun 2027 yilning fevral oyida kuchga kiradi.
Hukumat nafaqat hali faoliyatini to‘xtatmagan, balki yopilib bo‘lgan fermalarni ham yangi yoki noqonuniy chorvachilik turlari bilan shug‘ullanmayotganini aniqlash uchun yakuniy tekshiruvdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
“Maxsus tekshiruvlar nafaqat hali yopilmagan fermalarga, balki yopilgan xo‘jaliklarga nisbatan ham yangi yoki noqonuniy ko‘paytirish holatlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi”, deyiladi Janubiy Koreya Qishloq xo‘jaligi vazirligi press-relizida.
Bungacha mulozimlar it boqiladigan fermalarni tezroq yopish uchun kuchaytirilgan tekshiruvlar o‘tkazish majburiyatini olgan. Taqiqni e’tiborsiz qoldirgan korxonalarning fermerlik xo‘jaligi bilan shug‘ullanish imkonini beruvchi litsenziyalari olib qo‘yiladi.
2026 yil boshidagi holatga ko‘ra, Janubiy Koreyada menyusida it go‘shti bo‘lgan 1,6 mingta restoran faoliyat yuritmoqda.
Live
Barchasi