OTMga kontraktga kirganlar uchun oxirgi muddat belgilandi
Jamiyat
−
24 Sentabr 2019
72802019/2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga to‘lov- kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2019 yilning 15 oktyabri etib belgilandi.
To‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan yuqori kurs talabalari uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatlari oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytiriladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy o‘quv yilidan to‘lov-kontraktlar miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori bilan bog‘landi. Kontraktlar miqdorini quyida bilib olishingiz mumkin.
Avvalroq, OTM talabalariga stipendiya to‘lash tartibi va miqdori to‘g‘risidagi yangi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.