Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddati avgustgacha uzaytirildi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddati 1 avgustgacha uzaytirildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun, 15 iyul kuni o‘tkazilayotgan yalpi majlisida qaror qabul qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinovning ma’lum qilishicha, qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga chiqarilgach, 85 mingga yaqin takliflar kelib tushgan.

Deputatning so‘zlarig ko‘ra, takliflar mazmunan O‘zbekiston – ijtimoiy davlat tamoyilini mustahkamlashga, islohotlarda inson manfaatlari bosh mezon bo‘lishini ta’minlashga, xususiy mulk daxlsizligi va yerga egalik qilish huquqi kafolatini kuchaytirishga, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rnini konstitutsiyaviy darajada ko‘tarishga hamda davlat hokimiyati asoslarini takomillashtirishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi. Qonunchilik palatasida shuningdek, qonun loyihasini umumxalq muhokamasiga qo‘yish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. 

Bundan tashqari, o‘tkazilgan umumxalq muhokamasi natijasiga ko‘ra, tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi referendumiga qo‘yilishi ma’lumot uchun qabul qilingan.

Biroq iyul oyi boshida Qoraqalpog‘istonda yuz bergan namoyishlar sabab O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamasi tugash muddati – 5 iyuldan 15 iyulgacha uzaytirilildi.


Maqola muallifi

Teglar

Konstitutsiya

Baholaganlar

33

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing