Konseysau “Milan”ning deyarli 1 asrlik rekordini yangiladi

Sport

image

“Milan” klubi ustozi Serjiu Konseysau jamoa tarixidagi eng tez muddatda sovrin yutgan murabbiyga aylandi. “Rossonerilar” Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

7 yanvarga o‘tar kechasi Saudiya Arabistonida Italiya Superkubogi final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Milan shahrining ikki klubi – “Inter” va “Milan” sovrin uchun maydonga tushdi. Uchrashuvda portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostidagi jamoa super kambek amalga oshirib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va Superkubok g‘olibiga aylandi.

Shu tariqa, Konseysau “Milan” tarixidagi barcha murabbiylar orasida 1929/30 yilgi mavsumdan beri klub bilan sovrin yutish uchun eng kam o‘yin o‘tkazgan murabbiy bo‘ldi. Bundan oldingi rekord Vinchenso Montellaga tegishli bo‘lib, u 2016 yilda “rossonerilar” bilan Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan. U bu vazifani 18-uchrashuvda amalga oshirdi.

Ma’lumot o‘rnida, “Milan” Italiya Superkubogini qo‘lga kiritish bo‘yicha “Inter”ga yetib oldi. Hamshaharlar o‘zaro 8 martadan ushbu sovringa ega chiqqan. “Yuventus” esa birinchi o‘rinda, 9 marta zafar quchgan.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Serjiu Konseysau

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing