Konor Makgregor jinsiy zo‘ravonlikda gumon qilinmoqda 

Sport

image

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor jinsiy zo‘ravonlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda “The New York Times” xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, taxmin qilinayotgan jinoyat 2018 yilda Irlandiya poytaxti Dublinda sodir bo‘lgan. Sudga jabrlanuvchi va uning onasi shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan. 

Qayd etilishicha, avval o‘tkazilgan tergov ishida Makgregor aybsiz ekani isbotlangan.

“Guvohning ko‘rsatmalari olindi, video lavhalar o‘rganildi. Natijada faktlar arizadagi ko‘rsatmalarga zid keldi. Biz har qanday norozilikni rad qilamiz”, deydi sportchining vakili Karen Kessler. 

Konor ustidan sudga ariza berilganini jabrlanuvchining advokati Deyv Koulman ham tasdiqlagan.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, da’vo arizasi Dublin Oliy sudiga Irlandiya poytaxtida 2018 yilda sodir bo‘lgan voqea yuzasidan kiritilgan.

Advokat Koulmanning so‘zlariga ko‘ra, sudga ikkita da’vo arizasi kiritilgan. Birinchisi jabrlanuvchi, ikkinchisi esa, jabrlanuvchining onasi tomonidan taqdim qilingan.  

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilning sentyabr oyida ham Konor jinsiy zo‘rlash va ahloqsizlikda ayblanib, hibsga olingan edi. Sportchi so‘roq qilinganidan so‘ng, qo‘yib yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 yanvar kuni Konor Makgregor Dastin Porega qarshi oktagonga chiqadi. Shu paytgacha uch marotaba katta sport bilan hayrlashgan Konor hisobida 22 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat bor. Uning raqibi Dastin Pore esa, faoliyatida shu paytgacha 26 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Makgregor Konor

Baholaganlar

899

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing