Makgregor jang bo‘yicha Tramp bilan muzokaralar olib bormoqda – OAV

Sport

image

UFC jangchisi Konor Makgregor Oq uyda o‘tkazilishi kutilayotgan jang bo‘yicha UFC bilan emas, balki AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Irish Independent” nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Makgregor kelasi yozda Oq uyda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirda jang qilishga kuchli ishtiyoq bildirgan. Bu tadbir UFC prezidenti Dana Uayt va Donald Tramp tomonidan tashkil qilinmoqda. Irlandiyalik jangchi hatto uzoq yillik raqibi Maykl Chendlerga qarshi jang allaqachon dasturga kiritilganini ta’kidlagan. Biroq Makgregorning so‘zlariga ko‘ra, u UFC’ni chetlab o‘tib, o‘z ishtiroki bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri Tramp bilan muzokaralar olib bormoqda. 

“Men bu jang uchun odatdagidek UFC bilan o‘z nomimdan emas, balki Irlandiya nomidan Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan muzokaralar olib boryapman. Bu g‘alati holat. Tramp va uning ma’muriyati meni to‘liq qo‘llab-quvvatlayapti va ushbu kechani intizorlik bilan kutmoqdaman”, deydi Konor.

Qayd etish joiz, Oq uy rahbari Tramp joriy yil boshida o‘z mamlakatining 250 yilligini nishonlash uchun ushbu manzilda janglar o‘tkazishni istayotganini bildirgan. 56 yoshli Uayt esa yaqinda mazkur vaziyat yuzasidan kelishuvga erishilganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, bu Makgregor uchun so‘nggi 4 yillikdagi birinchi jang bo‘ladi. 2021 yilda u eski raqibi Dastin Porega ketma-ket ikkinchi marotaba mag‘lub bo‘lib, oyog‘ini sindirib olgan edi. Mart oyida jangchi AQSH ma’muriyatining Avliyo Patrik kuni tadbirlari doirasida Oq uyga tashrif buyurgan. Bu tashrif davomida Konor Irlandiyadagi muhojirlik masalasiga bo‘lgan e’tirozini bildirish va AQSHdan yordam so‘rash uchun foydalangan. Bu voqea Tramp Makgregorni ajoyib inson deb atab, uni o‘zining eng sevimli irlandiyalik shaxs sifatida tilga olganidan bir hafta o‘tib sodir bo‘lgan. Makgregor yanvar oyida Trampning lavozimga kirishish marosimida ham ishtirok etgan.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tramp Makgregor Oq uyda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing