Konor Makgregor jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, hibsga olindi

Sport

image

Irlandiyalik aralash kurash jangchisi Konor Makgregor Fransiyaning Korsika orolida hibsga olindi. U jinsiy zo‘rlash va ahloqsizlikda gumon qilinyapti, deb xabar berdi Bastiya prokurori.

Makgregorning vakili TMZ portaliga ma’lum qilishicha, u barcha ayblovlarni inkor qilgan va so‘roq qilinganidan keyin qo‘yib yuborilgan.

Joriy yilning 10 sentyabr kuni poitsiyaga ariza tushgan, shundan keyin Makgregor qo‘lga olinib, so‘roq qilingan.

BBC`ning yozishicha, ayblovning boshqa tafsilotlari va jabrlanuvchi haqida hech qanday ma’lumot ochiqlanmagan.

Makgregor 32 yoshida aralash kurash jangchisi sifatida katta mashhurlikka erishgan. U UFC`ning birdan ikki vazn toifasida chempioni bo‘lgan. 2018 yilda u rossiyalik Habib Nurmuhamedov bilan jang qilib mag‘lub bo‘lgan va yengil vazn toifasidagi chempionlik kamarini berib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

1967

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing