Kongress AQSHning Xitoy va Rossiyaga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishini maslahat berdi
Olam
−
14 Oktabr 2023 12282 2 daqiqa
AQSH Kongressining Strategik rejalashtirish komissiyasi mamlakat rasmiylariga Xitoy va Rossiya bilan bir vaqtda urushga tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya etdi. Bu haqda komissiyaning 145 sahifalik hisobotiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Hisobotda ishtirok etgan yuqori martabali agentlik manbasi AQSH razvedkasi Xitoy-Rossiya yadro quroli bo‘yicha hamkorlikdan xabardor yoki yo‘qligini aytishdan bosh tortgan. Nashr suhbatdoshiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar ikkita urush o‘tkazishga ruxsat beradi, chunki tilga olingan ikki davlat o‘rtasida maksimal muvofiqlashtirish bo‘lishi mumkin.
Demokratlar partiyasi raisi Medlin Kridon hisobot e’lon qilingan brifingda Prezident va Kongress Amerika xalqiga mudofaa xarajatlarini oshirish muhim ekanini aytgan. Ya’ni bu AQSH, Xitoy va Rossiya ishtirokida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yadro urushining zarari bilan taqqoslaganda kichik qiymatdir.
"Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari bir vaqtning o‘zida ikkala tomonni ham ushlab turishga va ularni mag‘lub etishga tayyor bo‘lishi kerak. AQSH boshchiligidagi xalqaro tartib va u targ‘ib qilayotgan qadriyatlar Xitoy va Rossiya rejimlari tahdidi ostida”, deya iddao qilingan hisobotda.
Kongress komissiyasi Qo‘shma Shtatlarga oddiy qurollarni yaratish, harbiy ittifoqlarni mustahkamlash va yadroviy qurollarni modernizatsiya qilish dasturlarini kengaytirishni ham taklif qilgan.
“Komissiya Xitoy va Rossiya tahdidlari 2027-2035 yillarda kuchayishiga ishonadi, shuning uchun mamlakat tayyor bo‘lishi uchun hozir qarorlar qabul qilishi kerak”, deyiladi komissiya hisobotida.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr