Kongoga ilk bor maymunchechakka qarshi vaksina yetkazildi
Olam
−
05 Sentabr
2020Kongo Demokratik Respublikasi bugun, 5 sentyabr kuni M-pox vaksinalarining birinchi partiyasini qabul qildi. Sog‘liqni saqlash idoralari ushbu vaksinalar favqulodda holat e’loniga sabab bo‘lgan epidemiyani oldini olishga yordam beradi, deb umid qilmoqda. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Kongo dunyo bo‘ylab tarqalayotgan epidemiyaning markazi hisoblanadi. Afrikada vaksinalarning yetishmasligi ba’zan o‘limga olib keladigan kasalliklarning tarqalishini to‘xtatishga to‘sqinlik qiladi.
“Bavaria Nordic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va Yevropa Ittifoqi tomonidan sovg‘a qilingan dozalarni olib ketayotgan samolyot mahalliy vaqt bilan 13:00 atrofida poytaxt Kinshasaga qo‘ndi”, deyiladi xabarda.
Yevropa Ittifoqining sog‘liqni saqlash, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish va javob berish boshqarmasi boshlig‘i Loran Mashyuelga ko‘ra, vaksinalarning ilk partiyasi 99,000 dozani tashkil etadi va 7 sentyabr kuni bu ko‘rsatkich jami 200,000 ga yetkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari, shuningdek, Tojikiston va O‘zbekistonga Rossiyadan maymunchechakni aniqlovchi test tizimlarini yetkazib berilishi xabar qilingan edi.