Kongodagi janglarda 700 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
01 fevral
3096Kongo Demokratik Respublikasining Goma shahridagi janglarda 700 kishi halok bo‘ldi, 2,8 ming kishi yaralandi. Bu haqda BMT Bosh kotibining matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va uning hamkorlari Goma shahridagi janglarda qurbon bo‘lganlar sonini hisoblab chiqqan.
“26-30 yanvar kunlari 700 kishi halok bo‘ldi, 2,8 ming kishi jarohat oldi”, deyiladi xabarda.
BMT vakili, shuningdek, “qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni ortishi” kutilayotganini aytib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Kongo hukumati Ruanda bilan diplomatik aloqalarni uzib, Ruandani isyonchilarni qo‘llab-quvvatlashda ayblaganidan so‘ng Kongo Demokratik Respublikasidagi keskinlik yanada kuchaygan. KDR Tashqi ishlar vazirligi 26 yanvar kuni Ruanda poytaxti Kigalidagi diplomatlarini zudlik bilan chaqirib olishini e’lon qilgan va mamlakatning Kinshasadagi elchixonasini 48 soat ichida yopishni buyurgan.
27 yanvar kuni M23 harakati yetakchisi Kornel Nangaa Goma shahrini egallab olganini e’lon qildi. Qo‘zg‘olonchilar janubiy qismdan shaharga oziq-ovqat va zaruriy tovarlarni yetkazib berish yo‘llarini yopib qo‘ygan. “Reuters” agentligining 28 yanvar kuni xabar berishicha, M23 dan Kongo isyonchilari Goma shahridagi aeroportni nazoratga olgan. Qayd etilishicha, aynan u orqali BMT, gumanitar guruhlar va tinchlikparvar kuchlar yuklarni yetkazib bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasi poytaxti Kinshasada AQSH elchixonasi va yana boshqa bir qancha diplomatik missiyalarga hujum uyushtirilgani haqida xabar berilgandi. Kinshasa shahrida namoyishchilar Ruandani qo‘llab-quvvatlagani uchun Fransiya, AQSH, Ruanda, Uganda va Keniya elchixonalariga hujum qilgan.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel