Kongoda Ebola qurbonlari soni 1 400 nafardan oshdi

Olam

image

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi tarqalishi davom etar ekan, tasdiqlangan kasallanish holatlari 3 200 taga yetdi. Bu haqda mamlakat hukumati tomonidan kecha, 26 iyul kuni e’lon qilingan rasmiy ma’lumotda aytildi.

Ma’lum qilinishicha, epidemiya boshlanganidan buyon virus oqibatida 1 405 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Hukumat kasallik tarqalishini cheklash maqsadida yuqori xavfli hududlarda tibbiy kuzatuv, bemorlarni izolyatsiya qilish va aholini xabardor qilish ishlarini kuchaytirmoqda.

Ebola – yuqumli va o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan virusli kasallik bo‘lib, u insonlar o‘rtasida tana suyuqliklari orqali yuqadi. Mutaxassislar kasallikni barvaqt aniqlash, bemorlarni tezkor davolash va emlash tadbirlari epidemiyani nazorat qilishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlamoqda.

Kongo Demokratik Respublikasi ilgari ham Ebola epidemiyalari bilan bir necha bor to‘qnash kelgan bo‘lib, ayniqsa mamlakatning sharqiy hududlaridagi xavfsizlik muammolari va cheklangan tibbiy infratuzilma kasallikka qarshi kurashni qiyinlashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq virusdan 1300 dan ortiq odam vafot etilgani, shifokorlar esa oylik va bonuslar to‘lanmagani uchun ishni to‘xtatgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing