Kongoda Ebola avj olishi fonida shifokorlar ish tashlayapti 

Olam

image

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi epidemiyasi fonida shifokorlarning ish tashlashi boshlandi. Tibbiyot xodimlari ish haqini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va sog‘liqni saqlash sohasiga investitsiyalarni ko‘paytirishni talab qilmoqda. Bu haqda SBS News xabar berdi.

Shu bilan birga, kasaba uyushmalari hukumat bilan muzokaralar olib borayotgan bir paytda, mamlakatdagi tez tibbiy yordam xizmatlari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda va bemorlarga yordam ko‘rsatmoqda.

Tibbiyot xodimlarining ish tashlashidan tashqari, virusni aniqlash testlari bilan bog‘liq muammolar ham yuzaga kelgan: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qilishicha, tashkilotning Janubiy Kivu provinsiyasidagi Bukavu va Lviro, shuningdek, qo‘shni Shimoliy Kivu provinsiyasidagi Goma shahrida joylashgan uchta laboratoriyasida bemorlardan olingan namunalarni tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan sarflash materiallari tugab qolgan. 

Mana shunday vaziyatda Kongo rasmiylari Bundibugyo shtammi keltirib chiqargan 598 ta tasdiqlangan kasallanish holati va 115 ta o‘lim haqida xabar bermoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasidagi uchta laboratoriyada Ebola virusini aniqlash bo‘yicha testlar jihozlar yetishmasligi sababli vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing