Kongoda 143 kishi noma’lum kasallikdan vafot etdi

Olam

image

Kongoning Kvango viloyatida 143 kishi noma’lum kasallikdan vafot etdi. Bu haqda viloyat gubernatorining o‘rinbosari Remi Sakiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Mahalliy hukumat vakillariga ko‘ra, kasallikka asosan ayollar va bolalar chalinmoqda. Ularda grippga xos belgilarga o‘xshash alomatlar kuzatilmoqda, jumladan, yuqori tana harorati va kuchli bosh og‘rig‘i. Panzi shifoxonasiga maxsus tibbiy guruh yuborilib, namuna olish, tahlil o‘tkazish va kasallikni aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Infeksiyaga chalinganlar soni esa tobora ortib bormoqda. Mamlakatning janubi-g‘arbiy viloyati Kvangoda 143 kishi vafot etgan.

Kongo hukumati ushbu noma’lum kasallik haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) ma’lumot bergan. JSST vakili tashkilot Kongo Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik qilayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston g‘arbidagi Gujarat shtatining Kach tumani Lakxpat shahrida 15 kishi noma’lum kasallik oqibatida halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Kongo noma'lum kasallik Kvango

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing