Kongo BRICS’ga qo‘shilmoqchi
Olam
−
28 iyun 2024
3361Kongo Respublikasi BRICS tarkibiga qo‘shilish va bu boradagi aloqalarni rivojlantirishga qiziqmoqda. Bu haqda Kongo rahbari Deni Sassu-Ngesso RIA Novosti’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Shunday maqsadimiz bor. BRICS’ga allaqachon qator davlatlar qo‘shildi. Shaxsan o‘zim BRICS+ formati haqida ham eshitdim. Agar shunday imkon bo‘lsa, Kongo bunga doimo xayrixoh bo‘ladi”, deydi Prezident Sassu-Ngesso intervyuda.
Kongo Prezidenti 25 iyun kuni rasmiy tashrif bilan Rossiyaga kelgandi. Sassu-Ngesso Rossiya bilan aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish niyati borligini ham ma’lum qildi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Deni Sassu-Ngessoni “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirladi.
Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov hozirgacha BRICS’ga a’zo bo‘lish uchun 30 dan ortiq arizalar kelib tushganini ma’lum qildi. U yaqinda Tailand va Malayziya ham o‘z arizalarini yuborganini qayd etib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BRICS tarkibiga Turkiya ham qo‘shilmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavluda Satiyeva
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar