Kon qulashi oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Koltan konida yuz bergan qulash oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Fojia yer qatlamining yumshoqligi va namligi sabab sodir bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda kecha, 30 yanvar kuni “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, baxtsiz hodisa Kongo Demokratik Respublikasining sharqidagi Rubaya Coltan konida sodir bo‘lgan. Rubaya koni dunyo bo‘yicha qazib olinadigan koltanning qariyb 15 foizini yetkazib beradi. Koltan tantalga qayta ishlanib, issiqqa chidamli metallga aylanadi. Ushbu material mobil telefonlar, kompyuterlar, aerokosmik sanoat komponentlari, gaz turbinalari hamda tibbiy implantlar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.

Hududda yashovchi mahalliy aholi konlardan rudani kuniga bir necha dollar evaziga qo‘lda qazib olgan. Konning qulashiga olib kelgan avariya 28 yanvar kuni sodir bo‘lgan bo‘lib, qurbonlar soni 30 yanvar kuni kechqurun rasman ma’lum qilingan. Biroq, rasmiylar halok bo‘lganlar soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

Mahalliy hokimiyat vakilining so‘zlariga ko‘ra, ko‘chki qurbonlari orasida konchilar bilan birga bolalar va ayollar ham bo‘lgan. Ular yollanma ishchi bo‘lib ishlagan. 

“Biz hozir yomg‘irli mavsumdamiz. Yer juda mo‘rt. Jabrlanganlar chuqurda bo‘lgan paytda tuproq qulab tushgan”, deydi guvohlardan biri.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar 227 nafar shaxsning vafoti tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailandda pirotexnika fabrikasida portlash yuz bergani haqida xabar berilgandi. Hodisa oqibatida to‘rt kishi – bir ayol va uch nafar erkak jarohat olgan. Ulardan bir erkakni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan. Qolgan jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kongo halok bo'ldi Kon'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing