Kompani bir neça hafta “Bavariya”ni boşqara olmaydi
Sport
−
10:34 368 1 daqiqa
“Bavariya” boş murabbiyi Vensan Kompani soğliğidagi muammolar sababli bir neça hafta davomida jamoa işlaridan çetda qoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Myunxenliklar sport direktori Maks Eberl 40 yoşli mutaxassisning tiklanişi uçun bir neça hafta kerak bölişini ma’lum qildi. Şu bilan birga, klub rahbariyati murabbiyning işga qaytişini tezlaştiriş niyatida emas.
“Biz kunlar haqida emas, haftalar haqida gapiryapmiz. Bu barçamizga tuşunarli”, deydi Eberl.
Şuningdek, klub sport direktori Eberl klub hozirgi murabbiylar ştabiga töliq işonç bildirişini va Kompani yöqligi sababli tarkibda yoki murabbiylar ştabida özgarişlar qiliş rejalaştirilmayotganini ta’kidladi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 23 oktyabr kuni Kompani jamoa maşğuloti vaqtida huşidan ketib, şifoxonaga olib ketilgan edi. Keyinçalik klub uning ahvoli barqarorlaşganini, biroq qöşimça tibbiy tekşiruvlardan ötişi kerakligini ma’lum qilgan.
“Bavariya”ning navbatdagi uçraşuvi joriy yilning 28 oktyabr kuni Germaniya kubogi doirasida “Magdeburg”ga qarşi bölib ötişi belgilangan.
Live
Barchasi