Komilov va Lavrov telefonda muloqot qildilar

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov telefon orqali muloqot qildilar. Ikki mamlakat tashqi idoralari rahbarlarining telefon suhbati kecha, 2 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan. 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining xabariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonning MDHdagi raisligi va Rossiyaning SHHTdagi raisligi doirasida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashgan. 

Turli darajalarda bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama tadbirlar, jumladan Hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma komissiyasi va Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishlari jadvali va boshqa tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, Komilov va Lavrov o‘rtasidagi so‘nggi telefon muloqoti joriy yilning 13 avgust kuni bo‘lib o‘tgandi. Unda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning RFga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik masalasini muhokama qilgandi


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov Sergey Lavrov

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing