Komilov Ummon elchixonasidagi hamdardlik kitobiga qayd kiritdi

Jamiyat

image

Bugun, 13 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ummon Sultonligining Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

“TIV rahbari O‘zbekiston Hukumati va Tashqi ishlar vazirligi nomidan hukmron oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etdi va Sulton Qobus bin Saidning vafot etgani munosabati bilan ochilgan Ta’ziya kitobiga qayd kiritdi”,  deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 yanvar kuni Ummonni so‘nggi 50 davomida boshqargan sulton Qobus bin Said 79 yoshida vafot etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan Ummonning yangi sultoni Haysam bin Toriq al-Said nomiga hamdardlik maktubi yo‘lladi.


Maqola muallifi

Teglar

hamdardlik Ummon Ayudulaziz Komilov

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing