Erdo‘g‘an HAMAS yetakchisiga hamdardlik bildirdi (video)

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaga o‘g‘illari va nevaralarining halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda byuro axborot xizmati xabar berdi.

“HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaga Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an qo‘ng‘iroq qilib, Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida yetakchining uch farzandi va uch nabirasi halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi”, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xokan Fidan va Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin ham Xoniyaga hamdardlik bildirgan. Erdo‘g‘onning idorasi hozircha ma’lumotga izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil harbiylari tomonidan G‘azo yaqinidagi Ash-Shati qochoqlar lageriga berilgan zarba oqibatida HAMAS boshchisining uch o‘g‘li – Hazem, Amir va Muhammad hamda bir necha nevaralari halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an hamdardlik HAMAS Ismoil Xoniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing