Erdo‘g‘an Eronga hamdardlik bildirdi
Olam
−
03 yanvar
8717Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun Eronda yuz bergan terakt oqibatida vafot etganlarning oila a’zolariga va Eron xalqiga hamdardlik bildirdi. U bu haqda X (sobiq Twitter)dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Eronning Kirmon viloyatida sodir etilgan dahshatli terror xurujlaridan chuqur qayg‘udamiz”, degan Erdo‘g‘an.
Shuningdek, u hujumlarda hayotdan ko‘z yumganlarga rahmat tilab, jarohat olganlarni tezroq shifo topishini tilagan.
Turkiya rahbari Eronni do‘st va qardosh mamlakat sifatida ko‘rishini aytgan va Eron xalqiga hamdardlik izhor etgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 3 yanvar kuni Eronning Kirmon shahrida Quds kuchlari qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy o‘limining to‘rt yilligiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazilayotgan qabriston yaqinida ikkita portlash sodir etilishi oqibatida 70 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.
LiveBarchasi