Nazarbekov Sherali Jo‘rayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Madaniyat-san’at
−
05 Sentabr 2023
25798O‘zbek xalqining sevimli xonandasi Sherali Jo‘rayev vafoti munosabati bilan O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamdardlik bildirdi.
“U nafaqat O‘zbekistonda, balki mintaqamizdagi eng zabardast san’atkor sifatida e’tirof etilgan. O‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atiga hayotini baxshida etgan hofizning favqulodda noyob ovozi, ijro etgan qo‘shiqlari har bir xonadonga, har bir yurakka kirib borgan, qalblarni zabt etgan”, deb yozdi Nazarbekov san’atkorni xotirlar ekan.
Vazir Sherali Jo‘rayevning oilasi, yaqinlariga hamdardlik va ta’ziya bildirdi. Xonandaning 80 yillik umri besamar ketmagani, uning ijodini shogirdlari davom ettirishini bildirdi.
“Hofizimizning o‘zbek tili va adabiyotiga, san’atiga bo‘lgan mehri, sadoqati har bir ijrosida zohir edi. Afsus, bu zot, ustoz-san’atkor bugun oramizda yo‘q. Lekin haqiqiy san’at fidoyisining porloq xotirasi qalblarda mangu yashaydi”, dedi u.
Eslatib o‘tamiz, san’atkorning vafoti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev ham hamdardlik bildirdi.
LiveBarchasi